Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va Toyloq tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.B fuqaro G.Sning ishonchiga kirib, uni 20 000 AQSh dollari evaziga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetga 3 bosqichdan o‘qishga kiritib, keyinchalik Toshkent davlat yuridik universitetiga ko‘chirib berishini va’da qilib, oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan birga ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Baliqchi tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.Z. fuqaro M.T.ni go‘yoki Andijon davlat tibbiyot institutida ishlovchi tanishlari orqali ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:31 02.10.2024. O'qildi: 741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!