Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Uolts: "Tramp davrida BMT parhezda"

Uolts: "Tramp davrida BMT parhezda"

AQSh prezidenti Donald Tramp BMT xarajatlarini qisqartirish tarafdori. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uolts ma’lum qildi.

"Biz BMT byudjetini bir milliard dollardan ziyod qisqartirishga erishdik. AQSh prezidenti davrida BMT, obrazli qilib aytganda, "parhezda". U NATOda tartib o‘rnatib, a’zolarni o‘z vazifalarini bajarishga va yukni taqsimlashga undagani kabi, biz BMTda ham xuddi shunday ish olib boryapmiz. Bu sekin va og‘riqli jarayon, ammo prezident bu masalaga jiddiy e’tibor qaratmoqda", — dedi Uolts Fox News telekanaliga.

BMT moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan. AQSh tashkilotning eng yirik donori hisoblanadi, biroq Vashington muntazam byudjetga ayrim badallarni to‘lamaslik va BMT agentliklariga ixtiyoriy moliyalashtirishni qisqartirish qarorlarini qabul qilgan.

Kiritildi: 09:57 21.09.2026. O'qildi: 741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik