Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Universitet boshqaruvini avtomatlashtirishda yangi qadam: e-Minbar tizimi joriy qilindi

Universitet boshqaruvini avtomatlashtirishda yangi qadam: e-Minbar tizimi joriy qilindi

Yangi 2019-2020 o‘quv yili oldidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Universitet faoliyatini boshqarishni avtomatlashtirish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘quv jarayoniga axborot kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etishga bag‘ishlangan mazkur yig‘ilishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov hamda Toshkent shahridagi oliy o‘quv muassasalarining o‘quv va moliyaviy ishlar bo‘yicha prorektorlari ishtirok etdi. 

Seminar qatnashchilari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida joriy etilgan “SMART-universitet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, universitetning ma’ruza xonalariga o‘rnatilgan E-minbar tizimining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

E-minbar tizimining ishlash jarayoni hamda joriy etilgan texnologiyalarning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati borasida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

E-minbar – auditoriyani texnik boshqarish imkoniyatini beruvchi qurilma bo‘lib, unda ma’ruzalarni elektron shaklda ko‘rish, ovozli fayllarni tinglash imkoniyati mavjud. Shuningdek, E-minbar orqali ma’ruzachi xonaning yoritilishini nazorat qilishi, elektron doskalarni boshqarishi, proyektordan foydalanishi mumkin. Bu imkoniyatlar ta’lim jarayonida pedagogning kam vaqt sarflagan holda tinglovchilarga ko‘proq ma’lumot ulashish imkoniyatini beradi. Universitetda mazkur tizim asosida professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladigan ma’ruza mashg‘ulotlarining markazlashgan video-katalogi shakllantiriladi.

Kiritildi: 16:11 29.08.2019. O'qildi: 1900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!