Rehina Mariya Kastijio Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu lavozimga tayinlanishdan avval Kastijio UNICEF'ning Xorvatiya va Paragvaydagi vakolatxonalari rahbari lavozimlarida ishlagan.
2016 yilda UNICEF'da mehnat faoliyationi boshlashdan oldin Kastijio Boliviya, Ekvador va Perudagi UNAIDC direktori, Shveysariyada UNAIDS xususiy sektor bilan hamkorlk bo‘limi rahbari va BMT Bosh kotibi Kofi Annan Ijroiya apparatida Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodimi bo‘lgan.
U AQShning Vashington shtatidagi G‘arbiy Vashington universitetida iqtisod va xalqaro munosabatlar bo‘yicha tahsil olgan, AQShning Indiana shtatidagi Notr-Dam universitetida davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar bo‘yicha magistrlik darajasini olgan.
Rehina Mariya Kastijio ispan, ingliz va fransuz tillarida ravon so‘zlashadi. Oilali, ikki farzandi bor.