Hukumat qaroriga binoan, keyingi o‘quv yilidan boshlab umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi sertifikatiga ega abituriyentga o‘zlashtirish foiziga mos ravishda OTMga qabuldagi test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etiladi.
Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:
— 2020 yil 1 dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
— 2021 yil 1 fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
— 2022-2024 yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.