Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

"UMS"ning qo‘li singan texnik xodimi besh oy temir apparat bilan ishga qatnaganligi aniqlandi

A A A
"UMS"ning qo‘li singan texnik xodimi besh oy temir apparat bilan ishga qatnaganligi aniqlandi

«UMS» aloqa operatori  Samarqand fililida texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan biri qo‘li singan bo‘lsa ham «Ilizarov» temir apparatida besh oy davomida ishga qatnaganligi joriy yilning oktyabr oyi boshida aniqlandi. Bu haqda "7news.uz" nashri yozmoqda.

Korxona ishchisining qanday holatda ko‘li singanligi va nima sababdan u singan qo‘l bilan ham ishga kelishga majbur bulayotganini o‘rganishga harakat qildik. Aniqlanishicha UMS texnik xodimi J.T. joriy yilning birinchi may kuni qo‘lining ochiq sinib ketishi natijasida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialiga olib kelingan.

Tibbiyot muassasasining murojaatlar ro‘yxati kitobida 01.05.2019 yil sanasidagi №11/314 sonli raqam bilan kayd etilgan yozuvda UMS xodimi  J.T. soat 11.15da «vaqtinchalik ishsiz» sifatida so‘zidan ariqdan yiqilganligi sababli «chap bilak suyagi yuqori uchligidan ochiq sinib siljish»i tashxisi qo‘yilgan. Qo‘li ochiq singan bemor tibbiyot muassasasida shifokor SH.L. nazoratida 10 kun davomida stasionar yotib davolangan. Bemorning singan kulini oddiy gipslashning imkoni bo‘lmagani uchun unga Ilizarov nomli temir apparati qo‘yilgan. Joriy yilning birinchi may kuni «chorshanba» va ish kuni bo‘lganligi sababli xodim qo‘li ish paytida singan bo‘ligini taxmin qilish mumkin. UMS xodimining shifoxona kitobida «vaqtinchalik ishsiz» sifatida qayd qilinganligi ham ushbu gumonni tasdiqlay oladi.

O‘zbekistonda ishchilarning ish paytida olgan jarohatlarining yashirilishi oldindan kuzatilib kelinayotgan hol. Tibbiy muassasalar murojaat kitoblaridagi ma’lumotlarda aksariyat bemorlar «vaqtinchalik ishsiz» sifatida qayd etilganligi bu iddaoni isbotlaydi.

Ish paytidagi jarohatlar va ba’zida mehnat qobiliyatini yukotish yoki o‘limga olib kelgan holatlar ham ish beruvchilar tomonidan yashirilishiga harakat qilinadi. Mehnat qonunchiligiga zid bo‘lsada, ishchilar o‘z ishidan ayrilib ko‘chada qolib ketishdan qo‘rqib bu kabi holatlarni yashirishga majbur bo‘lishmoqdalar.

Kiritildi: 11:08 06.11.2019. O'qildi: 3044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!