Bugun 13 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Umra lisenziyasining yangi shartlari e’lon qilindi

Umra lisenziyasining yangi shartlari e’lon qilindi

Vazirlar Mahkamasining 300-sonli qarori bilan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Umra xizmatlarini tashkil etish uchun turfirmalarga yangi lisenziya shartlarini e’lon qildi:

- 1 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni “Ziyorat jamg‘armasi”ga zaxira qilib qo‘yish;

- Ziyoratchilarning guruh rahbari etib O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida mutaxassisni tayinlash;

- Turfirma shtatida diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir nafar mutaxassisning mavjudligi;

- Voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat ko‘rsatmaslik;

- O‘z faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik;

- Ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistonining faqat “Umra vizasi”ni rasmiylashtirish – boshqa viza bilan olib borish noqonuniy hisoblanadi;

- Umra xizmatlari Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkilot o‘rtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar uchun to‘lovlarni bank orqali amalga oshirish;

- Ziyoratchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, xususan o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash;

- Xalqaro yo‘nalishda 2-yildan kam bo‘lmagan tajribaga ega, bu davrda yo‘lovchi tashishning xalqaro va milliy qonunchilik talablarini buzmagan aviakompaniya bilan hamkorlik qilish;

- Ziyoratchilarni yuborishdan oldin ularga borish va qaytish aviachiptalarini xarid qilish;

- Ziyoratchilarni toifasi 3 yulduzdan kam bo‘lmagan mehmonxonalarga joylashtirish;

- Umra xizmatini uchinchi davlatlar orqali ko‘rsatmaslik;

- Xizmatlarni lisenziyada ko‘rsatilgan manzildan boshqa joydagi vakolatxona yoki filial orqali ko‘rsatmaslik.

Kiritildi: Bugun 09:17. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!