Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘lim jazosini 55 yildan ortiq kutgan odam oqlandi

O‘lim jazosini 55 yildan ortiq kutgan odam oqlandi

O‘z xo‘jayini, uning xotini va ikki bolasining qotili sifatida ayblanib, 1968 yilda o‘limga hukm qilingan Ivao Hakamada sud tomonidan oqlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ivao Hakamada hozir 88 yoshda, qotillik yuz bergan 1964 yilda 28 yoshda bo‘lgan.

2014 yilda Sidzuoka shahar sudi qotilning DNKsi Hakamadaning DNKsi bilan mos kelmasligini tasdiqlagan va mahkum ozodlikka chiqarilgandi. Biroq keyinroq Tokio sudi bu qarorni bekor qildi. 2023 yilda ish Yaponiya Oliy sudiga oshirildi.

Tergovchilar sudlanuvchiga kuch ishlatgan bo‘lishi mumkinligini hisobga olgan sud ishni qaytadan ko‘rib chiqdi. 1964 yilda hibsga olingan Hakamada qotillikni bo‘yniga olgan, biroq keyinchalik o‘ziga nisbatan kuch ishlatilgani sababli iqror bo‘lganini ma’lum qilgan.

2011 yilda Hakamada o‘lim jazosini eng ko‘p kutgan inson sifatida e’tirof etilgan.

Kiritildi: 10:09 27.09.2024. O'qildi: 927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!