Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Ukrainaning Sumi viloyati harbiy ma’muriyati rahbari lavozimidan ozod etildi

A A A
Ukrainaning Sumi viloyati harbiy ma’muriyati rahbari lavozimidan ozod etildi

Ukraina Vazirlar Mahkamasi Sumi viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Vladimir Artyuxni lavozimidan bo‘shatishga rozilik berdi. Bu haqda hukumatning Oliy Radadagi vakili Taras Melnichuk ma’lum qildi.

Avvalroq Sumi viloyatidagi Konotop shahri meri Artem Semenixin 13 aprel kuni, Rossiya raketalari Sumiga hujum qilgan paytda, shaharda ukrainalik harbiylarni taqdirlash marosimini o‘tkazish rejalashtirilganini aytgan edi. Artyux bunga javoban mazkur tadbirni tashkil etmaganini bildirgandi.

Artyuxni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmon tez orada prezident Zelenskiy tomonidan imzolanishi kutilmoqda. Rossiyaning Sumiga zarbasi oqibatida 35 kishi, shu jumladan ikki bola halok bo‘lgan, 125 kishi jarohat olgan edi.

Kiritildi: 21:40 15.04.2025. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!