7 mayga o‘tar kechasi "Ukraina Xavfsizlik xizmatining uzoq masofali dronlari Rossiya ichkarisidagi ikkita harbiy-sanoat majmuasi zavodiga zarba berdi." Bu haqda BBC’ga anonim manba xabar qildi.
Ulardan biri Moskva viloyatining Krasnoarmeysk shahridagi "Bazalt" zavodi bo‘lib, UXX uni barcha qo‘shin turlari uchun qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar ishlab chiqaradigan asosiy korxona deb ta’riflaydi. Ikkinchisi - Tuladagi "Splav" zavodi bo‘lib, manba aytishicha, u Rossiya Federasiyasida reaktiv zarba tizimlarini va o‘qlarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan yagona korxonadir.
Manba, shuningdek, dronlarning ushbu hujumini Moskva viloyatidagi uchishlar cheklanishi bilan bog‘laydi, bu esa aeroportlarda izdan chiqishlarga sabab bo‘lgan.