Ukrainalik uchuvchilarni Amerika F-16 qiruvchi samolyotlariga o‘qitish avgust oyida boshlanadi, bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy NATO sammitida Niderlandiya bosh vaziri bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
“Muayyan narsalar. Avgust oyida biz uchuvchilarni tayyorlashni boshlashga kelishib oldik. Biz Ukraina uchun zamonaviy aviasiya bo‘yicha qaror qabul qilish arafasidamiz”, — deb yozdi Zelenskiy Gollandiya bosh vaziri Mark Ryutte bilan uchrashuvdan so‘ng.
Bundan tashqari, Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u Ryutte bilan “Niderlandiyaning havo mudofaasi va artilleriyamizni mustahkamlashga qo‘shgan aniq hissasi haqida” kelishib olgan.