Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan qozog‘istonlik qamoqqa olindi

A A A
Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan qozog‘istonlik qamoqqa olindi

Qozog‘istonda “Vagner” jangchisi Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun olti yilu sakkiz oyga qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “RBK” xabar berdi

Ayblanuvchi Aleksey Shompolov Krasnoyarsk o‘lkasidan, lekin Qozog‘iston fuqaroligiga ega. U Jinoyat kodeksining 170-moddasi 3-qismi (konstitusiyaviy tuzumni ag‘darish va buzishga yoki davlatning hududiy yaxlitligini buzishga qaratilgan qurolli konfliktda, harbiy va boshqa zo‘ravonlik harakatlariga yollanish) bilan aybdor deb topildi.

Sud qaroriga ko‘ra, Shompolov mart oyida “BKontakte” orqali Qarag‘andada bo‘lganida, pul evaziga “Vagner” safida Ukrainaga qarshi urushishga rozi bo‘lgan. Shundan so‘ng u Rossiyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun ketgan. Aprel oyining oxirida u Baxmutga (Artemovsk) yuborilgan, u yerda janglarda qatnashgan va yaralangan.

Erkak aybini tan olgan, sud uning iqrorini inobatga olgan. “Vagner”dan olingan mablag‘lar musodara qilingan. “Vagner”da unga Zubrak taxallusi berilgan. U 24 apreldan 13 maygacha artilleriya guruhi tarkibida Baxmut yaqinida jang qilgan, biroq o‘q otish vaqtida tirsagidan yaralangan va Luganskdagi kasalxonaga yetkazilgan. U “Vagnerdan” 235 ming rubl (taxminan 2 ming 654 dollar) olgan.

Kiritildi: 23:58 29.11.2023. O'qildi: 1983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!