Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida Vengriya Ukrainaga harbiy yordamni moliyalashtirish uchun 5 milliard yevro ajratilishiga to‘sqinlik qilmoqda, dedi Belgiya tashqi ishlar vaziri Aja Lyabib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidagi vaziyat keskin.
“Biz bir davlatning Ukraina uchun tinchlik jamg‘armasi mablag‘larini to‘sib qo‘yganiga guvoh bo‘lishda davom etamiz. 5 milliard yevro Vengriya tomonidan to‘sib qo‘yilgan, Ukrainaga esa zudlik bilan ehtiyoj bor”, — deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.