Evropa Ittifoqi kelajakdagi tinchlik shartnomasida Ukrainaning Ittifoqqa a’zoligini mustahkamlab qo‘yish variantlarini tayyorlamoqda, deb yozadi «Bloomberg» o‘z manbalariga tayangan holda.
«Evropa Ittifoqi Ukrainaning YEIga a’zoligi masalasini kelajakdagi tinchlik bitimiga kiritish imkonini beruvchi bir qator variantlarni tayyorlamoqda», — deyiladi maqolada.
Variantlar orasida — YEIga a’zo davlatlar ega bo‘lgan ayrim huquqlardan zudlik bilan foydalanish imkoniyatini berish va Kiyevga himoya taqdim etish ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, blok rejalaridan Ukrainaga a’zo bo‘lish uchun zarur qadamlarni bajarishning aniq muddatlarini taqdim etish ham o‘rin olgan.