Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari Shimoliy qo‘mondonligi va Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa bo‘yicha qo‘shma qo‘mondonligi (NORAD) rahbari general Gregori Giyo Senatning qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan tinglovlarda ma’lum qildi.
General Moskvaning Pekin va Pxenyan bilan harbiy hamkorligi rivojlanayotganini qayd etdi va Qo‘shma Shtatlarning “asosiy raqiblaridan biri” bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaro ehtimoli ortib borayotganini ta’kidladi.
"Xitoy, Rossiya, Shimoliy Koreya va Eron AQSh bilan qurolli to‘qnashuvdan qochishga intilayotgan bo‘lsalar-da, ular G‘arbning zaiflashayotganini anglab, Qo‘shma Shtatlarga global maydonda qarshilik ko‘rsatishga tobora tayyor bo‘lib bormoqda. Bu esa inqiroz holatida xatolarga yo‘l qo‘yish xavfini oshiradi", — deya fikr bildirdi general Giyo.