Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Ukrainada rekord darajadagi g‘alla hosili qayd etildi

Ukrainada rekord darajadagi g‘alla hosili qayd etildi

Ukraina Qishloq xo‘jaligi vazirligi 8 dekabr, juma kuni 2023 yilda g‘alla hosili prognozini 59,7 million tonnagacha oshirdi. Bu haqda "Reuters" xabar bermoqda.

Vazirlik mamlakatda "rekord g‘alla hosili"ga ega ekanligini ta’kidladi.

G‘alla va yog‘li o‘simliklarning umumiy hosili 81,3 million tonnaga yetishi kutilmoqda.

Bundan oldin, Qora dengizdagi bo‘ronlar va Rossiya bug‘doyini yetkazib berishning vaqtincha to‘xtatilishi tufayli narxlar ko‘tarilib, bir tonna uchun 239 dollarga yetgani ma’lum bo‘ldi. Tahlilchilar Yevropada kuzgi ekinlarni ekish bilan bog‘liq qiyinchiliklar va Avstraliyada bug‘doy hosili prognozining yomonlashuvi tufayli bu tendensiyaning davom etishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 19:52 08.12.2023. O'qildi: 1515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!