Ukraina yozgacha Daniyadan Leopard 1 tanklarini olishni boshlaydi.
"Gap 100 ga yaqin tanklar haqida bormoqda",— deydi hozirda Daniya mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi moliya vaziri Troels Lund Poulsen.
Uning qo‘shimcha qilishicha, may oyida Ukraina CAESAR o‘ziyurar artilleriya moslamalarini olishi mumkin. Daniyadagi poligonlarda Ukraina harbiylariga allaqachon ushbu turdagi texnikalardan foydalanish o‘rgatilmoqda.