Germaniya kansleri Olaf Shols Ukraina yaqin 30 yil ichida NATOga a’zo bo‘lmasligini istisno qilmadi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib Daryo yozmoqda.
Echimlarni bilasiz, bu yaqin kelajakda kutilmayapti, — dedi Shols fuqarolar bilan suhbatda.
NATO Harbiy qo‘mitasi rahbari Rob Bauyer avvalroq Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishi masalasi hal qilinganini, biroq bu qachon sodir bo‘lishi va buning uchun nima kerakligi haqida munozaralar davom etayotganini aytgan.
2022 yil sentyabr oyi oxirida Vladimir Zelenskiy Ukraina tezlashtirilgan asosda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berayotganini ma’lum qilgan. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg qurolli mojaro paytida Ukrainaning alyansga to‘liq a’zo bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlagan.
AQShning NATOdagi doimiy vakili Julian Smitga ko‘ra, iyul oyida Vashingtonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan NATO sammitida Ukraina asosiy mavzu bo‘ladi. Shu bilan birga, uning aniqlik kiritishicha, Kiyev bo‘lajak sammitda NATOga qo‘shilishi kutilmaydi. Stoltenberg ham bo‘lajak sammitda Ukrainaning a’zoligi bo‘yicha kelishuv yo‘qligini aytgan.