Bugun 7 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina Xalqaro jinoiy sudning to‘laqonli a’zosiga aylandi

Ukraina Xalqaro jinoiy sudning to‘laqonli a’zosiga aylandi

"Ukraina 2025 yil 1 yanvarda rasman Xalqaro jinoiy sudning 125-mamlakatiga aylandi. Bu shuni anglatadiki, u hozirda ushbu xalqaro shartnomaning to‘laqonli ishtirokchisi bo‘lib, ishtirokchi-davlatlarga yuklangan barcha huquq va majburiyatlarga ega. Ulardan eng muhimi byudjetni tasdiqlashda, Rim statutiga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritishda, sudyalar, bo‘lajak prokuror va uning o‘rinbosarlarini tanlashda ovoz berish huquqidir, bu ma’lum darajada xalqaro jinoyat huquqining kelajagini shakllantirishga yordam beradi", — dedi XJS vakili Fadi al-Abdalla “Ukrinform” agentligiga bergan intervyusida.

Ukraina Oliy Radasi 2024 yil 21 avgust kuni Rim statutini ratifikasiya qilgan edi.

Kiritildi: 21:49 02.01.2025. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!