Bugun 31 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina va Isroil ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi

Ukraina va Isroil ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati 28 yanvar, seshanba kuni ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, tomonlar ikki tomonlama masalalarni va kelgusidagi aloqalarni, avvalambor, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘ladigan uchrashuvlarni muhokama qilishdi.

Prezident Zelenskiy, isroillik garovga olinganlarni ozod qilish jarayonining boshlanishini kutib olib, odamlarning uylariga qaytishi va o‘z oilalari bilan uchrashishining ahamiyatini ta’kidladi. U qolgan isroilliklarni ham tez orada ozod qilishga umid bildirdi.

«Barqaror va uzoq muddatli tinchlikni ta’minlash juda muhimdir, shunda odamlar xavfsizlikda yashay olishadi», — dedi Zelenskiy.

Prezident, shuningdek, Netanyaxuga o‘zining Aushvis-Birkenau konslagerining ozod qilinishiining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etganini aytib, Holokostdagi fojia munosabati bilan bosh vazir va butun isroillik xalqga ta’ziya bildirdi.

Kiritildi: 03:13 29.01.2025. O'qildi: 492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!