Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ukraina va Fransiya 200 million yevrolik grant shartnomasini imzoladi

Ukraina va Fransiya 200 million yevrolik grant shartnomasini imzoladi

Ukraina Iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko va Fransiyaning Ukrainadagi elchisi Gael Veyssyer Ukraina iqtisodiyotining muhim infratuzilmasi va ustuvor tarmoqlarini tiklash va qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish uchun 200 million yevro miqdoridagi grant shartnomasini imzoladilar.

"Ushbu mablag‘larning 50 foizigacha bo‘lgan miqdori Ukraina rekonstruksiya loyihalari uchun tovar va xizmatlar sotib olishga yo‘naltiriladi. Bu loyihalar Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlayotgan va hozirda mamlakatimizda 25 ming kishini ish bilan ta’minlovchi fransuz kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi", — dedi Yuliya Sviridenko.

Sog‘liqni saqlash, energetika, suv va kanalizasiya, minalarni tozalash, raqamli texnologiyalar, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, chiqindilarni boshqarish va uy-joy qurilishi moliyalashtiriladigan asosiy tarmoqlardir.

Kiritildi: 22:35 22.10.2024. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!