Shvesiya hukumati 2025 va 2026 yillarda Ukrainaga harbiy yordam uchun 25 milliard kron (2,25 milliard dollar) ajratishga qaror qildi.
Bu haqda Shvesiya mudofaa vaziri Pol Yonson ukrainalik hamkasbi Rustem Umerov bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi Ukraina harbiy-sanoat kompleksiga uzoq masofaga uchuvchi raketalar va dronlarni ommaviy ishlab chiqarish uchun mablag‘ ajratishga tayyor.
Jonson shuningdek, yangi paket tafsilotlari yanvar oyida e’lon qilinishini ta’kidladi.