“NATO sammiti natijalari yaxshi, lekin taklif bo‘lganda edi, ular mukammal bo‘lardi”, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy chorshanba kuni Vilnyusdagi matbuot anjumanida.
“Hech kim jahon urushini xohlamaydi va buni biz ham tushuna olamiz […] biz madaniyatli odamlarmiz, urush ketayotgan paytda NATOga a’zo bo‘la olmasligimiz aniq”, — deb tan oldi Zelenskiy.
“Bugun yana bir muhim signal bor. Agar bugun G7 xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha deklarasiyaga rozi bo‘lsa, biz NATOga ketayotganimizda kafolatlar o‘z kuchida qolishini aytadi [...] Bu biz uchun muhim qadam bo‘ladi”, dedi Zelenskiy.
Britaniya hukumati va AQSh prezidenti ma’muriyati avvalroq xabar qilganidek, chorshanba kuni NATO sammiti arafasida G7 davlatlari yaqin yillarda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish deklarasiyasi-rejasini imzolaydi.