Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina Trampning sulh tashabbuslariga qaramay, NATO’ning harbiy yordamiga umid qilishi mumkin

Ukraina Trampning sulh tashabbuslariga qaramay, NATO’ning harbiy yordamiga umid qilishi mumkin

Ukraina Trampning sulh tashabbuslariga qaramay, NATO’ning harbiy yordamiga umid qilishi mumkin – alyans bosh kotibi Mark Ryutte.

2025 yil boshidan beri NATO ittifoqchilari Ukrainaga 20 milliard yevrodan ortiq harbiy yordam ko‘rsatishga va’da berishgan. Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte Bryusselda Shimoliy Atlantika alyansi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 2024 yilda Kiyevga harbiy yordamning umumiy miqdori taxminan 50 milliard yevroni tashkil etgan.

Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Trampning sulh urnatish bo‘yicha tashabbuslariga qaramasdan, NATO’ning harbiy yordamiga umid qilishi mumkin. Shu bilan birga, alyans bosh kotibi Oq uy rahbariga "muzokaralar jarayonini blokashni yengib o‘ta olgani" uchun minnatdorchilik bildirdi, deb yozadi Reuters.

"Bundan tashqari, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa davlatlar Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqishga hissa qo‘shmoqda", – deya qo‘shimcha qildi Ryutte.

Kiritildi: 14:34 03.04.2025. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!