Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Ukraina tezlashtirilgan tartibda YEIga qabul qilinada(mi)?

Ukraina tezlashtirilgan tartibda YEIga qabul qilinada(mi)?

EI Ukrainani tezlashtirilgan tartibda qabul qilish uchun maxsus model ustida ishlamoqda — Financial Times.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Bryussel “Sovuq urush” davridan buyon amal qilib kelayotgan YEIga a’zo bo‘lish tizimini isloh qilishni rejalashtirmoqda. Taklif etilayotgan model Ukrainaga rasmiy a’zolik maqomini berishni, biroq uning yetakchilar sammitlari va vazirlar yig‘ilishlarida to‘liq ovoz berish huquqisiz ishtirok etishini nazarda tutadi.

Shu bilan birga, Kiyev Yevropa Ittifoqining yagona bozoriga bosqichma-bosqich kirish, qishloq xo‘jaligi subsidiyalari va rivojlanish jamg‘armalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

"Mazkur tashabbus AQSh tomonidan taklif etilgan Ukrainadagi urushni tugatish rejasi muhokamasi fonida paydo bo‘ldi. Xususan, 20 banddan iborat reja loyihalarida Ukrainani 2027 yilgacha Yevroittifoqqa qabul qilish ehtimoli qayd etilgan", deya yozmoqda nashr.

Biroq Yevrokomissiya to‘liq a’zolik mezonlariga moslashish Ukrainadan 10 yilgacha davom etadigan islohotlarni talab qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, “soddalashtirilgan” yondashuv ayrim YEI davlatlarida norozilik uyg‘otmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:51. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!