Bugun 22 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi 20 noyabr kuni Kiyevdagi bir nechta elchixonalarning yopilishini "infohujum" deb atadi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi 20 noyabr kuni Kiyevdagi bir nechta elchixonalarning yopilishini "infohujum" deb atadi

"Urushning 1001 kuni avvalgilaridan farq qilmaydi. Hamkorlarimiz urushning 1001 kunida ham avvalgi ming kundagidek, infohujum qilmasdan munosabat bildirishlari to‘g‘ri bo‘lardi deb hisoblaymiz", deyiladi Ukraina TIV bayonotida.

20 noyabr kuni ertalab AQSh Kiyevdagi elchixonasi ehtimoliy havo hujumi haqidagi ma’lumotlar tufayli yopilishi haqida e’lon qildi. Qo‘shma Shtatlarning ogohlantirishidan keyin Ispaniya, Italiya va Gresiya davlatlari Kiyevdagi elchixonalari eshiklarini yopdi. Fransiya va Germaniya elchixonalarining faoliyati to‘xtatilmadi, lekin ular Ukrainadagi o‘z fuqarolarini ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan Ukraina shaharlariga ommaviy havo hujumlar haqidagi xabarlarni Rossiyaning yolg‘on dezinformasiyasi ekanligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 22:48 20.11.2024. O'qildi: 1362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!