Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina sobiq energetika vaziriga pul yuvish bilan bog‘liq jinoiy ayblov qo‘yildi

Ukraina sobiq energetika vaziriga pul yuvish bilan bog‘liq jinoiy ayblov qo‘yildi

Ukrainaning Korrupsiyaga qarshi maxsus prokuraturasining xabar berishicha, sobiq vazir German Galushenko pul yuvishda va jinoiy uyushma faoliyatida ishtirok etishda gumon qilinmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy uyushma a’zolari 2021 yil fevral oyida Angilya offshor orolida fond ro‘yxatdan o‘tkazgan. Ushbu fondga taxminan 100 million dollar investisiya jalb qilish rejalashtirilgan bo‘lgan. Prokratura fond investorlaridan biri sifatida Galushenko oilasini ham qayd etmoqda.

Sobiq vazir oilasi tomonidan boshqarilgan hisob-raqamlarga taxminan 7,4 million dollar o‘tkazilgan. Pulning bir qismi yevro va Shveysariya frankida naqd shaklda qabul qilingan.

Ushbu mablag‘lar Shveysariyadagi mashhur o‘quv yurtlarining ta’lim to‘lovlariga sarflangan va Galushenkoning sobiq rafiqasi hisob-raqamlariga o‘tkazilgan.

Shuningdek, mablag‘larning bir qismi depozitga qo‘yilgan bo‘lib, u orqali Galushenko oilasi qo‘shimcha daromad olgan.

Kiritildi: Bugun 17:03. O'qildi: 192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!