Hilola Umarova boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
Hilola O‘ktamovna Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident Administrasiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Ilhom Tohirovich Siradjev Prezident Administrasiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ilhom Siradjev 2006-2017 yillarda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar o‘quvchilar texnik ijodiyot markazida turli vazifalarda, 2017-2023 yillarda Xalq ta’limi vazirligi bosh iqtisodchisi, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i va boshqa lavozimlarda ishlagan.