Prezident devoni rahbari Andrey Yermak o‘z Telegram-kanalida dronlar, Zelenskiy, va yonayotgan Qizil maydon tasviri tushirilgan rasmni e’lon qildi.
"Bu kunni qo‘limizdan kelgancha yaqinlashtirdik", — deyiladi rasm ostidagi yozuvda. Bu ibora “Den Pobedi” sovet qo‘shig‘idan olingan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Moskvadagi paradga yig‘iladigan davlat rahbarlarining xavfsizligiga kafolat bera olmasligini aytgandi. U bundan avval ham 9 may kuni Qizil maydonga zarba berilishi mumkinligiga ishora qilgan edi.