Ukraina kuchlari 13 sentyabr kuni Kursk viloyatining Glushkovskiy tumaniga bostirib kirdi. Bu haqda ISW xabar bermoqda.
13 sentyabr kuni e’lon qilingan geolokasiya tasvirlari Ukraina qo‘shinlari yaqinda Veseliydan janubga (Glushkovodan janubi-g‘arbda va chegaradan uch kilometr uzoqlikda) oldinga siljishganini ko‘rsatadi.
Rossiya manbalarining ta’kidlashicha, Ukraina qo‘shinlari Glushkovoning janubi-g‘arbiy qismida Novo Put, Veseli va Medveje (Veseli sharqida) hududlarida hujum qilgan.