Ukraina qurolli kuchlari Qrimni yoz oxirigacha ozod qilishi mumkin, dedi AQShning Yevropadagi kuchlarining sobiq qo‘mondoni Ben Xodjes.
Biroq, buning uchun Ukraina G‘arbdan uzoq masofali aniqlikdagi qurollarni olishi kerak, deya qo‘shimcha qildi sobiq qo‘mondon.
"O‘ylaymanki, Ukraina Bosh shtabi tegishli sharoitlar yaratilsa, qarshi hujumga aylanadigan vaziyatga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi. Menimcha, biz juda professional, juda samarali hujumni ko‘ramiz va uning maqsadi Qrimni izolyasiya qilish va shu yil oxirida uni ozod qilish uchun sharoit yaratish", — deya ta’kidladi u.
Xodjesning so‘zlariga ko‘ra, RF Qurolli Kuchlari o‘zlarida bor narsani ushlab turish maqsadida mudofaaga o‘tgan va zaxiralardan 65 yillik qurollarni ham foydalanish uchun olib chiqishni boshlagan.