Rossiya harbiy Telegram-kanallarining xabariga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari Kursk oblastining janubi-sharqida joylashgan Sudja shahri yaqinida qarshi hujum boshlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Cherkasskaya Konopelka, Fanasevka, Ulanok hududlarida shiddatli janglar ketmoqda.
Rossiya manbalari Ukraina harbiy texnikasining yo‘q qilingani aks etgan videolarni e’lon qilmoqda.