Bugun 4 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalariga Kursk viloyatida Trampning inaugurasiyasiga qadar maksimal darajada hududni saqlab qolish buyrug‘i berilgan — BBC

Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalariga Kursk viloyatida Trampning inaugurasiyasiga qadar maksimal darajada hududni saqlab qolish buyrug‘i berilgan — BBC

BBC nashri bir nechta ukrain harbiy xizmatchilarining telegram orqali yozgan xabarlariga tayanmoqda. «Oldimizga qo‘yilgan asosiy vazifa — Trampning inaugurasiyasi va muzokaralar boshlanguniga qadar maksimal hududni saqlab qolish, keyin esa buni o‘zimizga manfaatli bo‘lgan narsaga almashtirish. Lekin hech kim bu nimani anglatishini bilmaydi», — deb keltiriladi harbiy xizmatchilardan birining so‘zlari.

Uning fikricha, Kursk viloyatidagi operasiya Rossiya armiyasining kuchlarini Zaporojye va Xarkov viloyatlaridan chalg‘itishga yordam bergan. Ammo «Bi-bi-si»ning boshqa suhbatdoshlari bu harbiylar Ukraina sharqida, Rossiya qo‘shinlari hujum qilayotgan joylarda ko‘proq foyda keltirishlari mumkinligini aytgan.

Kiritildi: 15:38 03.12.2024. O'qildi: 665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!