Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches xavfsizlik shartnomasini imzoladi.
Translyasiya Ispaniya hukumati saytida olib borildi.
Sanches matbuot anjumanida siyosiy kelishuv juda muhim rol o‘ynashini va "bu bizning Ukrainani barcha vositalar bilan ta’minlash qat’iyligimizning namunasidir" dedi.
"Biz o‘tgan yili G7 deklarasiyasi doirasida Ukraina bilan bunday kelishuvni imzolagan o‘ninchi davlatmiz", dedi u.
Sanchesning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun bir qancha yo‘nalishlar mavjud. Bular moliyaviy, ishlab chiqarish va harbiy sohalardir.