Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ukraina Prezidenti matbuot vakillari bilan 10 soat davomida yuzma-yuz muloqot qiladi

Ukraina Prezidenti matbuot vakillari bilan 10 soat davomida yuzma-yuz muloqot qiladi

Ukraina davlat rahbari Vladimir Zelenskiy payshanba kuni matbuot vakillari bilan yuzma-yuz muloqotni boshladi. Uchrashuv 10 soat davom etadi. Tadbir translyasiyasi mamlakatning asosiy televizion kanallari tomonidan amalga oshirilmoqda

Ukraina Prezidenti matbuot kotibi Yuliya Mendelning ma’lum qilishicha, uchrashuvda ishtirok etish uchun 300 ga yaqin jurnalist akkreditasiyadan o‘tgan. 

Zelenskiyning matbuot bilan muloqot qilishi uchun Ukraina poytaxtidagi Kyiv Food Market gastronomik markazi tanlangan. 

Matbuot anjumani davlat rahbarining bir-birini almashtirib turadigan kichik guruhli jurnalistlar bilan davra suhbati shaklida o‘tkaziladi. Har bir guruhga yetti-o‘ntadan matbuot vakillari kiritilgan. Ular ajratilgan vaqt davomida Zelenskiyga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishlari mumkin. Ukraina ommaviy axborot vositalarining ko‘plab vakillari ushbu format ko‘plab jurnalistlarning prezidentga savol berish imkoniyatini cheklashini ta’kidlagan. 

Uchrashuv davomida jurnalistlar Zelenskiyga ukrain va rus tillarida savollar berishlari mumkin. 

Ukraina Prezidentining birinchi guruh muxbirlari bilan uchrashuvi chog‘ida bitta xorijiy jurnalist - Amerika telekanalining muxbiri ham ishtirok etgan. 

Kiritildi: 15:29 10.10.2019. O'qildi: 1439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!