Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ukraina prezidenti devoni Rossiya bilan muzokaralar taslim bo‘lishga teng ekanligini ta’kidladi

Ukraina prezidenti devoni Rossiya bilan muzokaralar taslim bo‘lishga teng ekanligini ta’kidladi

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak AFP'ga bergan intervyusida frontdagi hozirgi vaziyatda Rossiya bilan muzokaralar boshlanishi Ukraina uchun taslim bo‘lish bilan barobar bo‘lishini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday sharoitda muzokaralarning boshlanishi hududlarini qaytargan mamlakat yutqazgan davlatga taslim bo‘lishi kerak degan ma’noni anglatadi.

Shuningdek, Podolyakga ko‘ra, Rossiya muzokaralarni istamasligi bois, Moskva Kiyevga tinchlik muzokaralari bo‘yicha hech qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif bermagan.

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamon Ukrainani yo‘q qila oladi deb o‘ylaydi, bu uning ahmoqona fikri va u bilan muzokaralar mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi", — deya qo‘shimcha qildi Mixail Podolyak.

Kiritildi: 22:15 20.11.2022. O'qildi: 3749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!