Ukraina parlamenti chorshanba kuni yalpi safarbarlik amal qilish muddatini yana 90 kun, ya’ni 9 maygacha uzaytirishni qo‘llab-quvvatladi, dedi Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko. Bu qaror chorshanba kuni ma’qullangan edi.
Ushbu davlatda 2022 yil 24 fevral kuni harbiy holat joriy qilingach, ertasiga Prezident Vladimir Zelenskiy yalpi safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. Shundan buyon ayni tartib bir necha bor uzaytirildi.