"Demak, Ukrainada tinchlik ham saylov ham bo‘lmaydi...", deb yozadi Rossiya Dumasi deputati Sergey Mironov.
Ukraina Oliy Radasi mamlakatda harbiy holatni 2025 yil 6 avgustga qaday uzaytirishga qaror qildi. Buni yoqlab 357 nafar deputat ovoz berdi, faqat bir deputat - Aleksey Goncharenko qarshi ovoz berdi.
"Demak, AQSh prezidenti oldin umid bildirgan Ukrainada Pasxa bayramigacha (20 aprel) tinchlik o‘rnatish va yozda prezident saylovlari tashkil qilish rejalari puchga chiqadi", - deb izoh berdi Rossiya Dumasi deputati Sergey Mironov.
Etarlicha ovoz yig‘ish uchun ular hatto Radaning barcha deputatlarini ham to‘plashga muvofiq bo‘lishdi, deb qo‘shimcha qildi deputat.