Ukraina NATOga a’zo bo‘lish o‘rniga beriladigan xavfsizlik kafolatlaridan voz kechdi — “Evropa haqiqati”.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi 3 dekabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATO vazirlar yig‘ilishiga tayyorlangan hujjatda o‘z pozisiyasini bayon etgan. Unda mamlakat NATO'ga to‘liq a’zo bo‘lish o‘rniga va’da qilingan har qanday alternativ yo‘l, jumladan xavfsizlik kafolatlaridan voz kechishi qayd etilgan.
Ushbu hujjat Budapesht memorandumining 30 yilligiga bag‘ishlangan. Budapesht memorandumi 1994 yil 5 dekabrda Ukraina, Rossiya, Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra Ukraina yadro qurollaridan voz kechgan va uni Rossiyaga topshirilgan edi.
Hujjatda shunday deyiladi: "Budapesht memorandumining achchiq tajribasini e’tiborga olgan holda, biz Ukraina NSTO'ga to‘liq a’zo bo‘lish o‘rnini bosuvchi har qanday choralarni qabul qilmaymiz".
Bu hujjatni Bryusselda o‘tkaziladigan yig‘ilishda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga taqdim etadi.