Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ukraina NATO uslubida" qarshi hujumni boshlashi dargumon — The Wall Street Journal

Ukraina NATO uslubida" qarshi hujumni boshlashi dargumon — The Wall Street Journal

Ukraina samolyotlar va qanotli raketalardan foydalangan holda keng miqyosli havo hujumini nazarda tutuvchi "NATO uslubida" qarshi hujumni boshlashi dargumon. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

“Bunday hujum uchun Kiyevda kerakli miqdordagi qiruvchi samolyotlar va vertolyotlar mavjud emas”, deya qayd etadi gazeta.

WSJ'ning yozishicha, Ukraina birinchi navbatda quruqlikdagi aniq nishonga oluvchi uzoq masofali qurollar, jumladan, raketalar va artilleriyadan foydalangan holda hujum boshlaydi.

Keyin esa, quruqlikdan hujum boshlanadi, bunda Kiyev o‘zining sovet tanklarini G‘arb tanklari bilan birlashtirishi kerak bo‘ladi.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev Zaporojye viloyatidan Melitopol va Azov dengizi tomon harakatlanishi, shuningdek, bosib olingan Qrimni Rossiya bilan bog‘laydigan quruqlik yo‘lagini "kesib tashlashi" mumkin.

Kiritildi: 03:42 28.03.2023. O'qildi: 1647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!