Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Mudofaa vaziri: Biz urushni tugatishni xohlaymiz

Ukraina Mudofaa vaziri: Biz urushni tugatishni xohlaymiz

Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Istanbulda Rossiya delegasiyasi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaradan so‘ng ma’lum qildi.

Muzokaralardan so‘ng Umerov tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish rejimi bo‘yicha fikr almashganini tasdiqladi.

"Bizning asosiy ustuvorligimiz odamlar edi... Biz 1000 kishini almashish bo‘yicha kelishib oldik. Bu katta yutuq va biz bu urushni tugatishga harakat qilayotganimizni yana bir bor ko‘rsatadi. Ikkinchi maqsad o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilish edi. Usullar bo‘yicha fikr almashdik va jamoalarimiz tafsilotlarni almashish ustida ishlaydi", dedi vazir.

Kiritildi: 21:58 16.05.2025. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!