Rustam Umarov to‘rtta ustuvor vazifani e’lon qildi: «front chiziqlarini barqarorlashtirish, Ukraina mudofaasini kuchaytirish, havo va dengiz yo‘llari himoyasini kuchaytirish, bosqinchining yuqori xajmdagi hujumlar orqali ustunlikka erishish kabi urinishlariga javob qaytarish».
Umarovning Facebook'dagi postida ma’lum qilinishicha, u ushbu strategik rejani "Ramshtayn" formatidagi Aloqa guruhi yig‘ilishida taqdim etgan.
"Yig‘ilishdagi asosiy erishilgan yutuqlardan biri, 2027 yilgacha Ukraina mudofaa kuchlarini rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritalari»ning tasdiqlanishi bo‘ldi. Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining uch yili davomida «Ramshtayn» formati ishtirokchi davlatlari mamlakatimizga xavfsizlik sohasida jami 140 milliard yevrodan ortiq yordam ajratdi", deya qo‘shimcha qildi Ukraina mulozimi.