Nashr jangovar harakatlarni yakunlashning ehtimoliy to‘rt ssenariysini keltiradi:
— Rossiya urushni uzoq muddat davom ettiradi va muzokaralardan qochadi. Agar Ukraina AQShning qo‘llab-quvvatlovisiz qolsa, u harbiy mag‘lubiyatga uchrashi mumkin;
— G‘arb davlatlaridan yetarlicha yordam olmagan Ukraina kuchsiz holatda yon berishga majbur bo‘ladi. Bu kelishuv mamlakatning bo‘linishi va hokimiyat tepasiga rossiyaparast hukumat kelishini nazarda tutadi;
— O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sulhga erishiladi. Agar bu keng qamrovli tinchlik kelishuvi tomon qadam sifatida amalga oshirilsa, mintaqani barqarorlashtirishi va xalqaro xavfsizlik kafolatlari asosida Ukraina suverenitetini saqlab qolishi mumkin. Ammo, agar o‘t ochishni to‘xtatish tinchlik bitimi bilan davom ettirilmasa, bu faqat mojaro muzlatilishini anglatadi;
— Tinchlik kelishuviga erishiladi. Ukraina AQShning yordami bilan kuchli pozisiyada muzokaralar olib boradi. Bu mamlakatning iqtisodiy barqarorligini, suverenitetini va xavfsizlik kafolatlarini ta’minlaydigan kelishuvga erishish imkonini beradi. Ammo 1991 yilgi chegaralarga qaytish masalasi dargumon.