Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ukraina Isroilni ham, Falastinni ham tan oladi

Ukraina Isroilni ham, Falastinni ham tan oladi

Ukraina xalqaro huquq va BMT Nizomini hurmat qiladigan adolatli davlat va ikki davlatni - Isroil va Falastinni tan oladi.

Censor.NET xabar berishicha, bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Singapurda bo‘lib o‘tgan “Dialog – Shangri La” konferensiyasida ma’lum qilgan.

Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bu mojaroga barham berish va tinch aholi azob chekmasligi uchun kerakli barcha ishni qiladi.

“Ukraina, agar Xamas terrorchilari tinch aholiga hujum qilsa, Isroil o‘zini himoya qilishga haqli ekanini aytdi... Shundan so‘ng Isroil G‘azoda bo‘lib, gumanitar inqiroz yuzaga kelganida Ukraina: birinchidan, G‘azoga gumanitar yordam berishga tayyor; ikkinchidan, biz xalqaro huquqni hurmat qilishimiz kerak; uchinchidan, Ukraina ikki davlatni, Isroil va Falastinni tan oladi”, dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, 22-may, chorshanba kuni Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya hukumatlari Falastinni davlat sifatida rasman tan olganini e’lon qilgan edi. Bunga javoban Isroil bu davlatlardan o‘z elchilarini chaqirib olishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 21:25 02.06.2024. O'qildi: 1718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!