Bloomberg'ga ko‘ra, Ukraina ikki haftadan so‘ng Rossiyaga G‘arb qurollari bilan zarba berishga ruxsat olishi mumkin.
"Ittifoqchilarning G‘arbning uzoq masofali qurollari bilan Rossiya Federasiyasidagi nishonlarga zarba berish cheklovlarini yumshatish to‘g‘risidagi qarori 24 sentyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida dunyo yetakchilarining yig‘ilishidan oldin qabul qilinishi dargumon", deb yozadi Bloomberg.
13 sentyabr kuni Vashingtonda AQSh prezidenti Jo Bayden va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer uchrashuvda Rossiya Federasiyasiga zarba berishga ruxsat berish masalasini ham muhokama qiladi.
Avvalroq Politico Oq uy Ukrainaning Rossiya hududiga hujumlar uchun Amerika qurollaridan foydalanishiga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatish rejasini yakunlayotgani haqida xabar bergan edi.
Britaniyaning The Guardian nashriga ko‘ra, London allaqachon Ukrainaga Rossiyadagi nishonlarga qarshi Storm Shadow qanotli raketalaridan foydalanishga ruxsat berishga qaror qilgan.