Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Ukraina hech qachon bosib olingan hududlarsiz NATOga kirishga rozi bo‘lmaydi

Ukraina hech qachon bosib olingan hududlarsiz NATOga kirishga rozi bo‘lmaydi

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 1 dekabr kuni Kiyevda Yevropa kengashining yangi saylangan prezidenti Antoniu Koshta bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Rossiya Federasiyasi bilan muzokaralar oldidan xavfsizlik kafolatlari va ko‘proq qurol-yarog‘ga muhtoj.

«Ukraina hududining bir qismi uchun NATOga taklif bo‘lishi mumkin emas. Bu boshqa barcha hududlar Ukraina emasligini avtomatik ravishda tan olishdir. Agar bu taklifnoma bo‘lsa, u faqat barcha hududlar uchun», - deya ta’kidladi u.

Zelenskiy Ukrainadagi mojaro vaqtida Shimoliy Atlantika alyansining 5-moddasidan foydalanish mumkin emasligini tushunishini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO davlatlari mojaroga aralashish xavfiga qarshi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bunga hech qachon rozi bo‘lmaydi: «Biz hech qachon vaqtincha bosib olingan hududlarni Rossiya hududi deb qonuniy tan olmaymiz. Bular faqat bizning yerlarimizdir».

Kiritildi: Bugun 09:27. O'qildi: 524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!