Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Ukraina Yevropa gaz bozorida inqilob qilishi mumkin — The Telegraph

Ukraina Yevropa gaz bozorida inqilob qilishi mumkin — The Telegraph

Ukrainada katta gaz zaxiralari borligi ancha vaqtdan beri ma’lum. Britaniyaning The Telegraph nashri mamlakatning slanes gazi ishlab chiqarish orqali Yevropa bozorida yangi inqilobga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Biroq bu rejalar amalda faqat urush tugagandan keyingina amalga oshishi mumkin.

Nashrga ko‘ra, Kiyev o‘zini yirik gaz eksportchisiga aylantirish va Yevropa bozorida katta o‘zgarish yaratish maqsadida slanes gazi qazib olishni ko‘zlamoqda. Mamlakatdagi hukumat va vazirlar bu yo‘nalishda xususiy sarmoya jalb qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish uchun harakat qilmoqda.

Ukrainada an’anaviy tabiiy gaz zaxiralari yetarli bo‘lib, bu ehtiyojni to‘liq qoplash va eksportni ta’minlash imkonini beradi. Agar slanes gazi qazib olinishi boshlansa, mamlakatning energetik mustaqilligi yanada mustahkamlanadi va u mintaqaviy yetakchiga aylanishi mumkin.

The Telegraph ta’kidicha, agar ushbu loyiha amalga oshsa, Yevropa Rossiya va boshqa davlatlardan suyultirilgan tabiiy gaz import qilishga muhtoj bo‘lmas edi. Bu esa dunyo bo‘ylab gaz narxlarining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Shu bilan birga, mualliflar urush davom etayotgan bir paytda investorlar tomonidan katta sarmoya kiritishga tayyorlik yo‘qligini ham tan olishadi. Moliyaviy muvaffaqiyat esa faqat urush tugashidan keyingina kutiladi.

Kiritildi: 18:45 10.06.2025. O'qildi: 2124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!