Ukraina YEIga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni boshlay olmayapti, chunki Vengriya Yevroittifoqning kengayishi haqidagi bayonotni blokladi — Deutsche Welle.
Evropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Daniya hukumatining ma’lum qilishicha, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainaning Yevrointegrasiya yo‘lidagi sa’y-harakatlariga berilgan ijobiy bahoni qo‘llab-quvvatlamagan.
Daniyaning Yevropa ishlari vaziri Mari Byerrening so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining qolgan barcha davlatlari Ukraina Bryussel qo‘ygan talablarni bajarishda sezilarli taraqqiyotga erishganini tasdiqlagan.
"Vengriyaning vetosi Ukrainaga YEIga a’zo bo‘lish bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlash imkonini bermayapti. Shu bilan birga, Ukrainaning a’zolik shartlari bo‘yicha norasmiy maslahatlashuvlar allaqachon olib borilmoqda", deya ta’kidladi Byerre.