Bugun 30 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Ukraina dronlari Tver viloyatida 3,6 milliard rubllik Rossiya raketa arsenalini yo‘q qildi — “Agentstvo”

Ukraina dronlari Tver viloyatida 3,6 milliard rubllik Rossiya raketa arsenalini yo‘q qildi — “Agentstvo”

Rossiyaning Toropes shahrida 18 sentyabrga o‘tar kechasi hujumga uchragan harbiy ob’ekt Raketa va artilleriya bosh boshqarmasining arsenalidir, deyiladi xabarda.

Nashrning yozishicha, bu Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 2015 yilda o‘q-dorilarni saqlashni yaxshilash dasturi doirasida qurilgan 13 ta omborxonadan biridir.

O‘z navbatida, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qoshidagi Dezinformasiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenkoning so‘zlariga ko‘ra, Tver viloyatidagi omborda “Grad”, S-300, S-400 raketa tizimlari, shuningdek, “Iskander” komplekslari uchun ballistik raketa va o‘q-dorilar saqlangan.

Ayni paytda, Rossiya rasmiylari va davlat OAVlari dron hujumi va u keltirib chiqargan «yong‘in» tufayli Toropes aholisi evakuasiya qilingani haqida xabar berishdi.

Kiritildi: 19:44 18.09.2024. O'qildi: 1696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!