Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Ukraina dronlar ishlab chiqarishni 10 barobar oshirdi

Ukraina dronlar ishlab chiqarishni 10 barobar oshirdi

Ukraina 2024 yilda dron ishlab chiqarishni o‘tgan yilga nisbatan 10 baravar oshirdi, bunda samaradorlik va yangi texnologiyalarga ustuvor ahamiyat berildi.

Bu haqda Ukraina raqamli transformasiya vazirligi "Telegram"dagi kanalida ma’lum qilgan.

"Ukraina dron sanoatining ishlab chiqarish quvvati 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 10+ baravar oshdi" - deyiladi hisobotda.

Raqamli rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ishlab chiqarish quvvati 2023 yildagi 300 ming dona drondan 2024 yilda 4 million donagacha oshgan.

"Havo, dengiz va quruqlikdagi dronlarni yaratish va elektron urush tizimlarini rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishildi, asosiy tendensiyalar kompyuter ko‘rish, to‘dali texnologiyalar, navigasiya va aloqa sohasidagi innovasiyalarni o‘z ichiga oladi".

Kiritildi: Bugun 09:17. O'qildi: 197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!